Oliygoh bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 20-iyun sanasida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida kuni kecha “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda Jamiyat rahbariyati, mutaxassislar hamda oliygoh bitiruvchi talaba yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda Termiz muhandislik-texnologiya institutining konchilik elektr mexanikasi, konchilik ishi, marksheyderlik ishi, foydali qazilma konlari geologiyasi qidirish va razvedkasining geofizik usullari, texnologik mashinalar va jihozlar (konchilik) kabi ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan yoshlar ishtirok etishdi va suhbatdan muvafaqqiyatli o‘tgan bitiruvchilar zaxira kadrlar ro‘yhatiga olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech