Kibersport musobaqasi o‘tkazildi

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori doirasida kibersport musobaqalarini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan.

Shu munosabat bilan kuni kecha “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning yosh xodimlari o‘rtasida kibersportning bir necha turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda 30 dan ortiq xodimlar faol ishtirok etishdi.

Jamoaviy tartibda Counter-Strike (CS2) o‘yini bo‘yicha:

1 – o‘rinni “C4” jamoasi;
2 – o‘rinni “Elita” jamoasi;
3 – o‘rinni “Zero” jamoasi egalladi.

Yakka tartibda o‘tkazilgan FIFA o‘yini natijalariga ko‘ra:

1 – o‘rin Xurshid Nuraliyev, YMM bo‘limi xodimi;
2 – o‘rin Ilxom Abdumalikov, TMO xodimi;
3 – o‘rin Omon Hamrayev, AKT bo‘limi xodimiga nasib etdi.

Musobaqaning korxona bosqichida g‘olib bo‘lgan kimyogarlar respublika bosqichida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech