Biz haqimizda
KALIY XLORID – 100 % sochiluvchan, mayda zarrachali mineral o‘g‘it hisoblanadi. Kaliy xlorid o‘g‘itining tarkibida o‘simlik o‘zlashtiradigan ozuqa moddasi K2O miqdori kamida 60 % ni tashkil qiladi. Kaliy xlorid (KCI) o‘g‘iti asosan barcha turdagi o‘simliklarga, turli xil poliz ekinlariga, ko‘p yillik rezavor mevali ekinlar hamda manzarali o‘simliklarni ekish davri bahor va kuz mavsumida qo‘llaniladi.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ga qarashli sinov laboratoriyasi O‘z Dst ISO/IЭC 17025:2019 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalarining layoqatligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” standarti talablari asosida akkreditatsiya guvohnomasiga ega bo‘lib, jamiyatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati nazorati yuzasidan doimiy ravishda analitik tahlillar olib boriladi. Agar omborlardan yoki boshqa mineral oʻgʻitlar doʻkonlaridan mahsulot xarid qilish jarayonida uning sifati borasida shubhali holatlar boʻlsa, jamiyatimizda mahsulot sifati tahlili qisqa muddatda va bepul amalga oshirilib, aniq xulosalar taqdim qilinadi.
Qadoqlash: mahsulot (50 ±1 ) kgli polipropilen qoplarda va 1 tonnalik big-beg qoplariga qadoqlanadi.
Tashish: transportning barcha turlarida, ushbu transport turiga amal qiladigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq qoplangan va to‘kma holda tashiladi.
Saqlash: boshqa material va moddalardan alohida, mahsulotni namlanishidan saqlaydigan yopiq, quruq va toza omborlarda saqlanadi.