Ilmli, ma’rifatli qizlar – mamlakat tayanchi, millat tarbiyachisi

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda Dehqonobod tumani faol ayollaridan iborat bir guruh mas’ullar hamda Jamiyat boshqaruv raisining Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Muxtasar Karimova rahbarligida xotin-qizlar uchun “Qizlar muammosi va yechimi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Jamiyatda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish hamda ularga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlardan oqilona foydalanish lozimligi alohida ta’kidlandi.

Suhbat davomida xotin-qizlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, oilaviy munosabatlarini yaxshilash hamda ma’naviy qo‘llab-quvvatlash kabi mavzularda so‘z yuritildi.

Samimiy ruhda o‘tkazilgan davra suhbati yakunida xotin-qizlarning fikr va mulohazalari, tashabbus va takliflari tinglandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech